Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
«Paxtakor» metro bekatidagi eskirgan eskalator yangilanishi sababli 1 noyabrdan bekatning eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi. Jarayon qachon tugashi ma’lum emas.
Toshkent metropoliteni metro bekatlardagi eskirgan eskalatorlarni yangisiga almashtirish rejasini davom ettirayotganini ma’lum qildi.
Tashkilot xabariga ko‘ra, 1 noyabr sanasidan «Paxtakor» bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni ham vaqtincha yopiladi.
Metro bekatida mavjud eskalatorlar yangisiga almashtiriladi, hududda demontaj va montaj ishlari boshlanadi.
Eskalatorni yangilash ishlari tugash muddati aniq emas. Ish jarayonlarining texnik holatiga qarab qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
13:12 / 16.03.2026