Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imperator pingvini ilk bor Avstraliya sohillariga qadar suzib bordi
Avstraliyaning janubiy sohillariga Antarktidadan bo‘yi 1 metrga yetadigan imperator pingvini kelib qoldi.
Avstraliyaning janubiy sohillariga qariyb 3,5 ming kilometr uzoqlikdan — Antarktidadan imperator pingvini kelib qoldi, deb xabar beradi Associated Press.
Pingvinni Denmark shahri yaqinida payqab qolishgan. Aaron Fauler ismli syorfer uni ko‘rib qolib, avvaliga juda katta dengiz qushi deb o‘ylagan. Bir necha daqiqadan keyin bo‘yining balandligi salkam bir metrga yetadigan imperator pingvini sohilga chiqqan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, unda biror nimadan qo‘rqish yoki hujum qilishga urinish belgilari kuzatilmagan. Shundan keyin pingvin qumni qor deb o‘ylab, unga ko‘milishga uringan, ammo ko‘p o‘tmay o‘rnidan turgan va qum zarralarini qoqib tashlagan.
G‘arbiy Avstraliya universiteti ilmiy xodimi Belinda Kennellning ma’lum qilishicha, bu avvallari Avstraliyada biror marta kuzatilmagan eng yirik pingvin turi hisoblanadi.
Hozirda pingvin dengiz qushlari bo‘yicha mutaxassis Kerol Biddulf boshchiligida nazoratga olingan — o‘ziga begona bo‘lgan iqlimga moslashishi uchun unga sovuq suv purkashmoqda. Pingvin bo‘yining balandligi 1 metrni, vazni esa 23 kilogrammni tashkil etadi.
«Barcha sa’y-harakatlar pingvinning reabilitatsiyasiga qaratilgan. Ayni vaqtda bir qator variantlar, jumladan, uni Antraktidaga qaytarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Yangi Zelandiya qirg‘oqbo‘yi aholisi plyajlardan birida noyob mehmon – Adeli pingvinini uchratishgandi. Uni ko‘rganlarning so‘zlariga ko‘ra, pingvin uzoq vaqt harakatsiz turgan. Bu mazkur turga mansub pingvin vakili Yangi Zelandiyada uchrashi bilan bog‘liq uchinchi holat hisoblanadi. Dastlabki bu kabi ikki hodisa 1962 va 1993 yillarda kuzatilgan.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026