O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda qo‘shma turistik yo‘nalish yaratilishi mumkin
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi "Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi" davlat unitar korxonasi vakillari va Vengriyaning "1000 yo‘l" kompaniyasi direktori Oleg Yermilov o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv tashkil etildi.
Muzokaralar chog‘ida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va Vengriyadan sayyohlarni jalb etishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Vengriyadagi yetakchi turoperatorlardan biri bo‘lgan "1000 yo‘l" sayyohlik kompaniyasi Markaziy va Sharqiy Yevropaning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar tashkil etishga ixtisoslashgan, shuningdek, O‘zbekistonga sayohatlar jalb qiladi.
Muzokaralar chog‘ida Byuro vakili O‘zbekiston turizm industriyasidagi tendensiyalar, yangi loyihalar va turizmni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, jumladan, ekologik, gastronomik va madaniy yo‘nalishlar haqida batafsil so‘zlab berdi.
Vengriya tomoni hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirib, o‘zbek madaniy merosi, tarixiy obidalari va milliy qadriyatlari yevropalik sayyohlar uchun jozibadorligini qayd etdi.
Oleg Yermilov O‘zbekistonni dam olish va madaniy turizmning o‘ziga xos yo‘nalishi sifatida ommalashtirish yo‘lida birgalikda ish olib borish niyatini bildirdi.
Vengriyadan sayyohlarni jalb qilish maqsadida "Diplomatik servis xizmati byurosi" DUK tomonidan tashkil etilgan bir haftalik gastronomik turizm dasturlarini ishlab chiqish, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda qo‘shma turistik yo‘nalish yaratish va ishga tushirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar ushbu tashabbuslar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi turizmni barqaror rivojlantirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Mavzuga oid
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
00:03 / 08.11.2024
Xitoy yana to‘qqizta davlat bilan vizasiz rejim joriy qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024