Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Top-10: O‘zbekistonga eng ko‘p turist kelayotgan davlatlar ma’lum qilindi
2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 10,7 mln nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan. Eng ko‘p turistlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan kelgan.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 10,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,5 mln nafarga yoki 47,4 foizga oshgan.
Turistlar soni bo‘yicha top-10 davlatlar quyidagicha:
- Qirg‘iziston— 3 mln nafar;
- Qozog‘iston — 2,5 mln nafar;
- Tojikiston — 2,5 mln nafar;
- Rossiya — 923,8 ming nafar;
- Afg‘oniston — 429,4 ming nafar;
- Turkmaniston — 341,4 ming nafar;
- Xitoy — 250,5 ming nafar;
- Turkiya — 161,9 ming nafar;
- Hindiston — 73,4 ming nafar;
- Koreya Respublikasi — 44,1 ming nafar.
Umuman olganda, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni sezilarli oshgani turizm sohasidagi faollik va mintaqaviy sayyohlik oqimining kuchayganini ko‘rsatmoqda. Eng katta ulush qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
17:40
O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish boshlandi
15:13
Hududlar reytingi: metallurgiya ishlab chiqarishida Navoiy va Toshkent viloyati oldinda
14:54
21 mingdan ziyod ozarboyjonlik turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan
14:07