Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
Ushbu mablag‘lar ijtimoiy obektlar, sport majmualari, sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish uchun sarflanadi.
Qozog‘istonda yana 525 milliard tenge noqonuniy aktivlar davlat daromadiga aylantirildi. Bu haqda mamlakat hukumati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bosh vazir O‘ljas Bektenov raisligida noqonuniy aktivlarni qaytarish bo‘yicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Uning qaroriga ko‘ra, qo‘shimcha 525 milliard tenge (taxminan 1 mlrd dollar) davlat daromadiga aylantirilgan.
Ta’kidlanishicha, «Noqonuniy yo‘l bilan olingan aktivlarni davlat hisobiga qaytarish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, ushbu mablag‘lar maxsus Davlat jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Shuningdek, Orqaliq shahrida iqtidorli sportchilar uchun 120 o‘rinli sport majmuasi, Ostonada tayanch-harakat tizimida nuqsoni bo‘lgan bolalar reabilitatsiya markazi, Olmaotada 400 o‘ringa mo‘ljallangan alohida ehtiyojli odamlar uchun o‘quv markazi quriladi.
«Davlat rahbari ta’kidlaganidek, qaytarilgan barcha mablag‘lar qozog‘istonliklar manfaati uchun ishlashi kerak. Joriy yil boshidan beri komissiya umumiy qiymati 900 milliard tengedan ortiq aktivlarni qaytarish bo‘yicha kelishuvlarni tasdiqladi. Bu mablag‘lar hisobidan bir qator ijtimoiy infratuzilma obektlari qurilishi boshlab yuborildi», — dedi O‘ljas Bektenov.
Ilgari Qozog‘iston prezidenti topshirig‘iga binoan Oqmo‘la viloyatining Zerenda qishlog‘ida sport majmuasi, Turkiston viloyati Temirlan qishlog‘ida musiqa maktabi qurilishi uchun maxsus davlat jamg‘armasidan mablag‘ ajratilgan edi.
Mavzuga oid
20:58 / 26.12.2024
Katta ehtimol bilan Rossiya raketasi zarba bergan. Oqtovdagi aviahalokatning ikkinchi kuniga kelib yana nimalar ma’lum?
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
16:55 / 26.12.2024
Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi
22:27 / 25.12.2024