Özbekiston prezidenti 22 iyun kuni imzolagan qonun bilan, Jinoyat kodeksiga özgartişlar kiritildi.

Unga köra, bundan buyon özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilganlik, şuningdek firibgarlik uçun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning örnini töliq qoplamagan şaxslar jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilinmaydi.

Bundan taşqari, bu ikki jinoyatni lavozim mavqeyidan foydalanib sodir qilganlik uçun jazo oğirlaştirildi:

  • Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş jinoyati mansab mavqeyini suiiste’mol qiliş yöli bilan sodir etilgan bölsa, ilgari köpi bilan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan edi. Endilikda bunday qilmiş 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
  • Xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik qilganlar uçun esa ilgari maksimal 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilgan. Endilikda bu qilmişni sodir etgan şaxslar 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinadi.

Yangi qonun rasmiy e’lon qilingan kun – 23 iyundan kuçga kirdi.

Qayd etiş lozim, Jinoyat kodeksida belgilangan: “Yetkazilgan moddiy zararning örni qoplangan taqdirda ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanilmaydi” degan qoida talon-toroj jinoyatlari (167-modda) uçun ham, firibgarlik jinoyatlari (168-modda) uçun ham saqlab qolingan.

Bu qoida tez-tez muhokamalarga sabab bölib turadi. Xususan, oxirgi marta “Toşşahartransxizmat” AJning sobiq raisi davlat mulkini talon-toroj qilişda aybdor deb topilib 7,5 yilga qamalgan, lekin köp ötmay, yetkazilgan zarar qoplanganidan keyin, jazo yumşatilib, ozodlikka çiqarilgan edi.