Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Salmon bilan uchrashdi
Navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohligi valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston-Saudiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev suhbat avvalida Ar-Riyoddagi favqulodda sammit o‘z vaqtida tashkil etilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Turli darajalardagi faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni oshib bormoqda.
“Yashil” energetika, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kommunikatsiyalar sohasida, qishloq xo‘jaligi, sanoatda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga, shu jumladan 2025 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston yetakchisi fuqarolarimiz Haj va Umra ziyoratlarini ado etishlariga yaratilgan sharoitlar uchun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.

Avval xabar berilganidek, Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga amaliy tashrifi doirasida navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi. Prezident, shuningdek, Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud va investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.
Tadbirlar yakunlangach, prezident Ozarboyjonga jo‘nab ketdi. Mirziyoyev 12-13 noyabr kunlari Bokuda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.
Mavzuga oid
20:50 / 16.05.2026
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
20:52 / 25.03.2026
Saudiya yetakchisi Trampni Erondagi urushni davom ettirishga undamoqda – New York Times
22:06 / 21.11.2025
«Buyuk do‘st» va trillionlar. Muhammad bin Salmonning AQShga tashrifi qanday o‘tdi?
19:28 / 20.11.2025