Jamiyat | 23:06 / 11.11.2024
6580
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «garmoshka» avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi jarohat oldi

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB Mirobod tumanida King Long rusumli avtobus bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 11 noyabr kuni soat 19:50 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi «San’at muzeyi» qarshisida 39 yoshli A.X. boshqaruvida bo‘lgan King Long rusumli avtobus va 32 yoshli N.X. (ayol) boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Lacetti avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Yangihayot tumanida 117- va 55-sonli yo‘nalish avtobuslari ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid