«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
Kinofilmni suratga olish jarayonida ishlatiladigan harbiy texnika rekvizitlari armiya ehtiyojlari uchun berilgani ma’lum bo‘ldi.
Rossiyaning «Mosfilm» kinostudiyasi bosh direktori Karen Shaxnazarov o‘tgan yili Rossiya Qurolli kuchlariga tanklar va boshqa harbiy texnika sovg‘a qilganini aytdi. Bu haqda u prezident Vladimir Putin bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Harbiy-texnika bazamizda saqlanayotgan 28 ta T-55 tanki, sakkizta PT-76 tanki, 6 ta piyoda jangovar mashinasi va 8 ta traktorni berdik. Ehtiyoj borligini bilib, Mudofaa vazirligiga murojaat qildim, ular bu texnikalarni olib ketishdi», dedi direktor.
Buni eshitgan Putin: «Biz «Mosfilm» bilan faxrlanamiz», deb javob berdi.
Shaxnazarov, shuningdek, Putin bilan uchrashuvda bu yil studiya «xayriya yordami» uchun 8 million rubl, jumladan, «maxsus harbiy operatsiya ehtiyojlari uchun» 6 million rubl sarflaganini aytdi.
The Insider nashrining yozishicha, sovet davrida ishlab chiqarilgan PT-76 tanklari 2023-2024 yillarda Rossiya Qurolli Kuchlari tarkibida na «maxsus harbiy operatsiyada» ham, undan tashqarida ham ko‘rinmagan.
«Mosfilm» veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, studiya omborlarida filmlarni suratga olishda rekvizit sifatida ishlatiladigan ko‘plab harbiy texnika, xususan, «190 dan ortiq zirhli texnika, zirhli transport vositalari va o‘ziyurar uskunalar, turli davrdagi xorijiy harbiy texnikalar» bor.
Mavzuga oid
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanishga» va’da berdi
19:27 / 14.11.2024
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
15:42 / 14.11.2024
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
23:24 / 13.11.2024