Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Ozarboyjon rahbarlari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv doirasida Xonkandi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasini ishga tushirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Ozarboyjon yetakchisini BMTning Iqlim bo‘yicha sammiti (COP29) muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan samimiy muborakbod etdi.
Joriy yil avgust oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston-Ozarboyjon do‘stlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida hamkorlik yuksak darajaga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, qurilish va shaharsozlik hamda boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Loyihalar portfelini, shu jumladan Qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘larini jalb etgan holda yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvni davom ettirish, shuningdek, 2025 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida keng qamrovli tadbirlar dasturini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv doirasida Xonkandi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasini ishga tushirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
07:31
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:13 / 21.11.2024
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
17:59 / 20.11.2024