2025 yildan O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi cheklanadi
Keyingi yildan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan ishlab chiqaruvchilardan quyosh panellari, invertorlar va akkumulyatorlarni olib kirishga taqiq joriy etiladi.

Foto: Kun.uz
2025 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan kompaniyalardan quyosh panellari, invertorlar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini import qilish taqiqlanadi. Bu prezidentning 11 sentabrdagi farmonida (jamoatchilik uchun ochiq e’lon qilinmagan) ko‘zda tutilgan, deya xabar berdi Gazeta.uz.
BNEF Tier-1 ro‘yxati Energetika vazirligi va Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytlarida muntazam e’lon qilib borilishi va har oyda yangilab borilishi kerak.
Ushbu ro‘yxat Bloomberg New Energy Finance Corp (BNEF) tomonidan yaratilgan reyting bo‘lib, kompaniyalarning kredit qobiliyati va kredit olish uchun bank talablariga muvofiqligini baholaydi. BNEF o‘z ro‘yxatini har chorakda yangilaydi, shuning uchun kompaniyalar doimiy ravishda ro‘yxatga kiritiladi va undan chiqariladi. Tier-1 maqomi quyosh panellari yetkazib beruvchisining moliyaviy barqarorligini ko‘rsatsa-da, u ishlab chiqarish sifati yoki panellarning chidamliligi reytingini bermaydi.
Oxirgi Bloomberg Tier-1 reytingi bilan havola orqali tanishish mumkin.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risida
O‘zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqaradigan qator korxonalar mavjud. Great Start Bild kompaniyasi 2021 yildan buyon A.R.T. SOLAR brendi ostida quyosh modullarini Toshkentda ishlab chiqaradi va o‘zini mamlakatdagi birinchi yirik quyosh paneli ishlab chiqaruvchisi sifatida ko‘rsatadi. Korxonaning quvvati 100 MVtni tashkil etadi. Kompaniya ta’sischilari Albert va Kuman Avsepian (27,9 foiz va 72,1 foiz) hisoblanadi.
Oktyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi «Tinchlik» kichik sanoat zonasida joylashgan quyosh panellari va quyosh energiyasi uchun zarur bo‘lgan turli kabellar ishlab chiqariladigan Enter Green Solar korxonasiga tashrif buyurdi. Umumiy qiymati 7 million dollar va quvvati 200 MVt bo‘lgan korxonada Italiyaning Ecoprogetti uskunalari o‘rnatildi. Uning negizida yiliga 377 mingta quyosh paneli ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Enter Steel (60 foiz), Said Amir Baxtiyorovich Fozilov (20 foiz), Enter Engineering, Eriell, Enera holdingi va boshqa ko‘plab kompaniyalar bilan bog‘liq tadbirkor Baxtiyor Fozilov, Jasur Xudoyqulovich Jumayev (10 foiz) va Eriellʼda ishlaydigan Aleksandr Vasilevich Bolshakov (10 foiz) korxona ta’sischilari hisoblanadi.
Iyun oyida Qoraqalpog‘istondagi Nukus Elestroapparat qo‘shma korxonasi qiymati 10 million dollardan ortiq bo‘lgan quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirdi. Uskunalar Koreya Respublikasidan keltirilgan va o‘rnatilgan. Loyihaning yillik quvvati 273 ming donani tashkil etadi. Davlat rahbari avgust oyida ham zavodga tashrif buyurdi. Qo‘shma korxonaning ta’sischilari sifatida Shveytsariyaning Tanotrade Ag (80 foiz) va mahalliy Toshelectroapparat (20 foiz) ko‘rsatilgan bo‘lib, ular 0,4−220 kV kuchlanishli elektr uskunalari, fotoelektr stansiyalari, yorug‘lik diodli yoritish, kuch transformatorlari, uzgichlar hamda 220 kV gacha bo‘lgan gaz va vakuumli o‘chirgichlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Oxirgi kompaniya, shuningdek, Chirchiq transformator zavodi va Sport Line kompaniyasining ulushiga egalik qiladi. Toshelectroapparatʼning o‘zi Tanotrade Ag (75 foiz) va Shveytsariyaning yana bir Comagra Commerz & Agrar-Handel AG (25 foiz) kompaniyasiga tegishli.
Ishlab chiqaruvchilardan tashqari, O‘zbekistonda dunyo ishlab chiqaruvchilaridan ko‘plab quyosh panellari yetkazib beruvchilar mavjud.
2022 yil 1 oktyabrdan boshlab jismoniy shaxslar Energetika vazirligining budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya tejash jamg‘armasining (energymarket.uz) onlayn platformasi orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan quyosh panellari va suv isitkichlarini 3 yil muddatga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Jahon | 22:12
-
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Jahon | 22:08
-
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi
Jahon | 21:31
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

15:30 / 04.06.2025
Tramp po‘lat va alyuminiyga bojlarni 50 foizga oshirishni ma’qulladi

20:34 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?

15:52 / 11.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi

22:40 / 08.04.2025