Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
Iyul-sentabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, II chorakdagiga nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko‘paydi.
Foto: Kun.uz
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan iqtisodiy faollik darajasini baholash va prognoz qilish uchun respublika avtomobil bozoridagi faollik darajasi tahlil qilindi.
2024 yilning III choragida O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgan bo‘lsa-da, 2023 yilgi darajada emas.
Xususan, iyul-sentabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, II chorakdagiga nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko‘paydi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davridagiga nisbatan 19,9 foiz kam.
Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan avtokreditlar va aholining tasarrufdagi daromadlari avtomobil bozoridagi faollik darajasiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi.
Xususan, 2021 yil yanvar oyidan 2024 yil sentabr oyigacha bo‘lgan davrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni va aholiga ajratilgan avtokreditlar hajmi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,72), shuningdek, aholi daromadlari va avtomobillar savdosi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,42) mavjudligi aniqlandi.
Mavzuga oid
07:52 / 04.02.2026
Eng kam muammoli avtomobillar – 2026 yil reytingi
11:01 / 31.01.2026
“Qizil” stikerli avtoulovlarga shaharlarga kirishda hozircha cheklov yo‘q
14:21 / 26.01.2026
Bozor xizmatlari hajmi bo‘yicha yetakchi hududlar ma’lum qilindi
15:15 / 22.01.2026