Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Guansi-Chjuan avtonom hududi gubernatori o‘rinbosari, ushbu hudud Qishloq xo‘jaligi departamenti va Guansi qishloq xo‘jaligi universiteti rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida Xitoy tomoni O‘zbekiston bilan hududlararo hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Shuningdek, ikki mamlakat delegatsiyalarining o‘zaro almashinuvini faollashtirish, 2025 yil uchun qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish rejalarini ishlab chiqishga tayyorligini tasdiqladi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Guansi-Chjuan avtonom hududida o‘tkazilgan 2024 Guangxi International Agriculture Expo ko‘rgazmasida milliy stend tashkil etildi.
Ko‘rgazma doirasida Xitoyning 15 dan ortiq import bilan shug‘ullanuvchi kompaniya va marketpleyslar bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksportini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi
08:29 / 15.05.2026