Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya ishchi kuchi yetishmovchiligini mahbuslar bilan qoplamoqchi
London ish beruvchilarni rag‘batlantirish orqali ko‘proq mahbuslarni ishga yollash niyatida. Bunda, asosiy e’tibor sog‘lig‘ida muammosi bor va yosh qonunbuzarlarga qaratiladi.
Buyuk Britaniya hukumati ishchi kuchi yetishmayotganiga bog‘liq muammoni o‘n minglab mahbuslar va «Britaniyani ishlashga majburlash» dasturi doirasida jazo o‘tab chiqqanlar orqali qoplashni reja qilmoqda, deb xabar beradi The Times.
«Biror hududda masalan, quruvchilar yetishmay qolsa, mahalliy qamoqxonalarda mahbuslarni bunga o‘qitish bo‘yicha kurslar tashkil etiladi. Ular ozodlikka chiqqanidan keyin muammoni hal etishga jalb qilinadi», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, penitensiar muassasalarda mutaxassislikka ega mahbuslarni ishga joylashtirishga yordam beradigan markazlar faoliyat yuritadi.
London ish beruvchilarni rag‘batlantirish orqali ko‘proq mahbuslarni ishga yollashga undamoqchi. Bunda, ishga joylashtirish bo‘yicha maslahat kengashlari orqali mahbuslar mehmonxona biznesiga ham jalb etilishi mumkin.
26 noyabr kuni e’lon qilinishi kutilayotgan rasmiy hujjatda asosiy e’tibor sog‘lig‘ida muammosi bor va yosh qonunbuzarlarga qaratiladi. Ekspertlarning hisoblashicha, ular «katta ehtimol bilan ishga yollash va o‘qitish bo‘yicha tashabbuslardan foydalanadi».
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
09:05 / 26.05.2026
Rossiyadagi vatandosh mahbuslar O‘zbekistonda jazo o‘tashni so‘radi
21:22 / 22.05.2026