Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
27 yoshli niderlandiyalik Red Bull jamoasi tarkibida mavsum g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Foto: Getty Images
Red Bull jamoasining poygachisi Maks Ferstappen «Formula-1» poygalarida qatorasiga to‘rtinchi marta g‘olib bo‘ldi.
Ferstappen 24 noyabr kuni Las-Vegas Gran-Prisida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni Jorj Rassel (Mercedes), ikkinchi o‘rinni Lyuis Hemilton (Mercedes) va uchinchi o‘rinni Karlos Sayns (Ferrari) qo‘lga kiritdi.
Shundan so‘ng, Red Bull poygachisi muddatidan oldin musobaqa g‘olibi bo‘ldi, endi unga hech kim yetolmaydi. 27 yoshli niderlandiyalik 403 ochkoga ega, shaxsiy hisobda undan keyingi o‘rinda McLaren poygachisi Lando Norris (340 ochko) va Ferrari poygachisi Sharl Lekler (319 ochkov) bormoqda.
«Formula-1» navbatdagi poygasi 29 noyabrdan 1 dekabrgacha Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkaziladi. Mavsum 8 dekabrda Abu Dabi poygasi bilan yakunlanadi.
Mavzuga oid
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
18:33 / 21.09.2025
Ferstappen F1 poygasida Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi
23:45 / 05.08.2025
Amerikalik avtopoygachi jahon rekordini o‘rnatishga urinib, halok bo‘ldi
17:22 / 25.05.2025