Xitoyning Honor smartfon işlab çiqaruvçisi tomonidan işlab çiqilgan robot yarim marafonni (21 kilometr) 50 daqiqa-yu 26 soniyada yugurib ötdi. Robot uşbu masofada ugandalik çopağon Jyeykob Kiplimo tomonidan mart oyida örnatilgan yangi jahon rekordini yetti daqiqaga yangiladi.
Şu bilan birga, marraga oz qolganida ğolib android tösiqqa urilgan va unga örnidan kötariliş uçun odamlar yordami kerak bölgan.
Yakşanba kuni bölib ötgan ikkinçi Xitoy robototexnika yarim marafonida yuzdan ortiq humanoid (odamsimon) robotlar iştirok etdi. Ular bilan birga odamlar ham alohida yölaklarda yugurişdi.

Natija ötgan yilgi poygadan qayd etilganiga qaraganda sezilarli darajada oldinga qadam böldi, öşanda ğolib robot marraga 2 soat-u 40 daqiqa va 42 soniyada yetib kelgan edi. Taşkilotçilarning sözlariga köra, ötgan yilgi musobaqaning barça iştirokçilari masofadan boşqarilgan bölsa, bu safar robotlarning deyarli 40 foizi trassani avtonom tarzda bosib ötdi.
Xitoydagi Global Times naşri ma’lumotiga köra, finiş çiziğini birinçi bölib Honor kompaniyasining masofadan boşqarilgan roboti 48 daqiqa-yu 19 soniyada kesib ötgan.

Ammo ğalaba musobaqa qoidalariga muvofiq tarzda avtonom navigatsiyadan foydalangan boşqa robotga berilgan.



Robotlarning biri startdayoq yiqilgan.























