FT: Xitoy mudofaa vaziri korrupsiya ishida gumonlanmoqda
Mudofaa idorasining rahbari Dun Tszyun aynan nimada gumonlanayotgani hozircha noma’lum. Undan oldingi ikki nafar mudofaa vaziri ham korrupsiya borasidagi ayblovlar tufayli lavozimidan ayrilgandi.
Xitoy mudofaa vaziri Dun Tszyun korrupsiyaga oid ish figurantiga aylandi, deb xabar beradi Financial Times o‘z manbalariga tayanib.
Mudofaa idorasining rahbari aynan nimada gumonlanayotgani hozircha noma’lum. Faqatgina uning ishi Xitoy Xalq ozodlik armiyasidagi ancha yirik korrupsiya tergoviga aloqador ekani aytilmoqda. XXRning Vashingtondagi elchixonasi mazkur masala bo‘yicha izoh berishdan bosh tortgan.
Dun Tszyun 2023 yil dekabrda Xitoy mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan edi, undan oldingi vazir Li Shanfu esa korrupsiya ayblovi sabab iste’foga chiqarilgandi.
Shuningdek, korrupsiya ishi tufaliy Xitoyning Li Shanfudan oldingi mudofaa vaziri — Vey Fenxe lavozimdan ayrilgan edi. 2024 yil yozda Vey Fenxe va Li Shanfu Xitoy Kommunistik partiyasidan chiqarilgan va general unvonlaridan mahrum qilingan.
FT’ning qayd etishicha, Xitoy Qurolli kuchlari rahbariyatiga nisbatan korrupsiya tergovi Si Jinpinning obro‘ziga putur yetkazishi va harbiylarning «2027 yilda Tayvanga hujum qilish potensialini yaratish» imkoniyatlarini shubha ostida olishi mumkin. Bunday hujum rejasi haqida avvalroq Markaziy razvedka boshqarmasi xabar bergandi, Xitoy hukumati bunday reja borligini rasman tasdiqlamagan.
Mavzuga oid
21:34
Xitoy va AQSh «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
21:03 / 26.11.2024
Xitoyda Bank of China sobiq rahbari o‘lim jazosiga hukm qilindi
18:06 / 26.11.2024
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj joriy etilishini e’lon qildi
11:45 / 26.11.2024