Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
“O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy va jahon mumtoz musiqa san’atidan aholini yanada kengroq bahramand etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2025 yil 1 yanvardan boshlab, orkestrning:
➖badiiy-rahbar xodimlari uchun – 4,0 koeffitsiyentga;
➖oliy va birinchi toifali artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 4,0 koeffitsiyentga;
➖ikkinchi toifali va toifasiz artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 3,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilandi.
Davlat organlari, muassasalari va korxonalari o‘z xodimlarini milliy va jahon mumtoz musiqa san’ati asarlari bilan tanishtirishi uchun chiptalar va abonementlar sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Tajribali dirijyorlar va orkestr ijrochilarining mahorat maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026