Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda JAC pikapi yonib ketdi
Harakatlanib ketayotgan mashinada yong‘in chiqqan va u butkul yonib ketgan.
26 noyabr kuni Pop tumani Kaltabozor ko‘chasida harakatlanib ketayotgan JAC pikapida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 10:48 da mashinada yong‘in chiqqani haqida tuman FVBga xabar kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar 10 daqiqada yong‘in joyiga yetib borib, 5 daqiqada uni bartaraf qilgan.
Yong‘in natijasida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Haydovchi va avtomobilga tegishli bo‘lgan xujjatlar ham yonib zararlangan.
Ta’kidlanishicha, yong‘indan hech kim jarohatlanmagan. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
11:05 / 17.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 16.03.2026
Yunusobodda shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
08:34 / 16.03.2026