O‘zbekiston | 12:56 / 28.11.2024
4496
1 daqiqa o‘qiladi

Bitta shaxs nomiga beriladigan kartalar sonini cheklash rejalashtirilyapti

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayevning ma’lum qilishicha, ayrim mijozlar nomiga yuzlab plastik kartalar ochilgan. Bunday kartalardan firibgarlar pul mablag‘larini o‘zlashtirish sxemalarida foydalanishyapti.

Foto: Kun.uz

Markaziy bank bitta foydalanuvchiga rasmiylashtiriladigan bank kartalari sonini cheklashi mumkin. Bu haqda 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan media-muloqotda MB raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Hamrayevning aytishicha, hozirda O‘zbekistonda fuqarolarning bitta pasportga ochishi mumkin bo‘lgan bank kartalari soni qonuniy jihatdan chegaralanmagan. Buning oqibatida ayrim mijozlar o‘z nomiga bir necha yuzlab karta ochib olgan.

«Bunday kartalardan firibgarlar pul mablag‘larini o‘zlashtirish sxemalarida foydalanayotgani ham aniqlandi. Markaziy bank mutaxassislari maqbul yechim topish uchun mazkur masalani tahlil qilishyapti», dedi u.

Regulyator rasmiysi kartalar sonini nechtagacha cheklash taklif qilinayotgani haqidagi savolga aniq javob bermadi.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid