Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Foto: Kun.uz
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:
- yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etish choralarini tashkil etish tartibi;
- videokuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimlari, yong‘in signalizatsiyasi, tez yordam chaqirish tugmachalari va ovozli xabarnoma vositalari kabi xavfsizlik vositalari bilan yirik bozorlarni jihozlash talablari;
- jamoat tartibini va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bo‘limlar (idoraviy xizmatlar) xodimlarining (harbiy xizmatchilarning) huquq va majburiyatlari;
- obekt ma’muriyati, sotuvchilar va obektga keluvchi shaxslarning jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi huquq va majburiyatlari.
Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati ham keltirilgan.
Yirik bozor – Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan belgilanadigan joylarda doimiy yoki vaqtincha faoliyat yurituvchi 300 va undan ko‘p doimiy savdo nuqtalari va do‘konlari bo‘lgan mol-mulk majmuasi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.03.2025 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
10:22 / 19.01.2026
SSD’lar oltindek qimmatlashib ketdi
15:46 / 17.01.2026
Avtomobil bozorida dinamika: Toshkent shahrida savdo kamaygan
14:11 / 17.01.2026
Captiva’ning omadsiz qaytishi, bozori chaqqon Yuan Up va Sonet. O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgaryapti?
20:05 / 23.12.2025