Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlaş va yonğin xavfsizligini ta’minlaş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:
- yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlaş va yonğin xavfsizligini ta’minlaş, şuningdek favqulodda holatlarning oldini oliş va bartaraf etiş çoralarini taşkil etiş tartibi;
- videokuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimlari, yonğin signalizatsiyasi, tez yordam çaqiriş tugmaçalari va ovozli xabarnoma vositalari kabi xavfsizlik vositalari bilan yirik bozorlarni jihozlaş talablari;
- jamoat tartibini va yonğin xavfsizligini ta’minlaş böyiça bölimlar (idoraviy xizmatlar) xodimlarining (harbiy xizmatçilarning) huquq va majburiyatlari;
- obekt ma’muriyati, sotuvçilar va obektga keluvçi şaxslarning jamoat tartibini saqlaş va yonğin xavfsizligini ta’minlaşdagi huquq va majburiyatlari.
Hujjatda Özbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan röyxati ham keltirilgan.
Yirik bozor – Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimiyatlari tomonidan belgilanadigan joylarda doimiy yoki vaqtinça faoliyat yurituvçi 300 va undan köp doimiy savdo nuqtalari va dökonlari bölgan mol-mulk majmuasi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.03.2025 yildan kuçga kiradi.












