Ikki viloyatda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati aniqlandi
Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro F.K. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 300 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 354 kg paxta, 6 dona uskuna jami 189,3 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro E.X.ning Buvayda tumani “Xo‘jaobod” MFY hududida tashkil etgan yashirin sexidan 712 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 874 kg chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:33 / 04.12.2024
Qashqadaryo kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi
16:24 / 25.11.2024
Qashqadaryoda 24 yoshli erkak avval xotini va qizini o‘ldirib, keyin o‘z joniga qasd qildi
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
17:40 / 14.11.2024