Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro shartnomalar bo‘yicha mas’ul organlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilmoqda
Prezident tomonidan «O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.
O‘zbekistonning xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagi uchta xalqaro tashkilotlariga badallar to‘lovchisi hisoblanadi:
- Shaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi bo‘yicha global forum;
- Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar xalqaro assotsiatsiyasi;
- Xalqaro ijtimoiy ta’minot uyushmasi.
Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi va Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkilotiga badallarni vaqtida to‘lash majburiyati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMI) zimmasiga yuklatilmoqda. Bunda alohida hollarda ILMI o‘z mablag‘lari hisobidan keyinchalik Davlat budjeti hisobidan qoplagan holda badal to‘lash huquqiga ega.
Mavzuga oid
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
18:15 / 16.09.2025
2027 yildan uy-joy oldi-sotdisi onlayn tarzda tasdiqlanadi
13:11 / 01.08.2025
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi
10:06 / 19.07.2025