Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar SSBga yangi rahbar tayinlandi
Oldin ham shu lavozimda ishlagan Botirbek Isabekov 2020 yildan buyon Toshkent shahar SSBga rahbarlik qilib kelgan Anvar Alimov o‘rnini egalladi.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Botirbek Abdulla o‘g‘li Isabekov Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Botirbek Isabekov 2001 yili Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2003 yili Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining ordinatura bosqichlarini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Uchtepa tumanidagi 30-son oilaviy poliklinika hamda ushbu tuman tibbiyot birlashmasida bosh shifokor muovini, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2019-2020 yillarda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
B. Isabekov tayinlovga qadar Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Bundan oldinroq 2020 yildan buyon Toshkent shahar SSBga rahbarlik qilib kelgan Anvar Alimov akademik Yo. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga o‘tkazilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:47
Svetoforlar “aqlli” tizimga ulanadi: transport oqimiga qarab avtomatik moslashadi
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
09:34 / 04.12.2025