Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yana ikki davlat bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi.
«Ushbu protokol [bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida] qardosh mamlakatni Jahon savdo tashkilotiga a’zolikka yanada yaqinlashtiradi», — deb yozgan Pokistonning JSTdagi doimiy vakili Ali Sarfraz Husayn.
Tailandning JSTdagi vakili Pimchanok Pitfild ham O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi protokolni imzolaganini ma’lum qildi.
«Biz O‘zbekistonning ko‘p tomonlama savdo tizimiga tezroq qo‘shilishini intiqlik bilan kutyapmiz va ishonamizki, JST oilasiga a’zolik O‘zbekistonga ko‘proq savdo va investitsiyalar olib keladi. Ikki tomonlama darajada bu mavjud savdo aloqalarini mustahkamlash va kelajakda xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishimizning tasdig‘idir», — dedi u.
O‘tgan ikki oyda O‘zbekiston Filippin, Salvador, AQSh va Xitoy bilan ham muzokaralarni yakunlagandi.
Mavzuga oid
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
16:46 / 24.05.2026