Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Top Gear ijodiy jamoasi O‘zbekistonda o‘z dasturini suratga oldi
Suratga olish jarayonida O‘zbekiston Harbiy havo kuchlari vertolyotlari ham ishtirok etdi.
Foto: Videodan kadr
Fransiyaning «BBC Studios France» delegatsiyasi jahonga mashhur «Top Gear France» avtoshousi dasturining navbatdagi sonini suratga olish uchun O‘zbekistonga keldi.
Fransiya delegatsiyasi, jumladan, boshlovchilar va operatorlar jamoasi O‘zbekiston tabiati va madaniy merosi fonida dasturni suratga oldi. Yangi qismda avtomobil sinovlari va O‘zbekistonning ko‘chalari va tog‘lari, shuningdek, Toshkent va Samarqand shaharlarining manzaralari namoyish etiladi.
Suratga olish jarayonida O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining Airbus H215 «Super Puma» vertolyotlari ham ishtirok etdi.
Top Gear France - xuddi shu nomdagi Britaniya serialiga asoslangan transport vositalari, birinchi navbatda avtomobillar haqidagi fransuz teleseriali. U birinchi marta 2015 yilda RMC Decouverte telekanalida efirga uzatilgan.
Mavzuga oid
18:16 / 12.09.2025
Afg‘oniston O‘zbekistondan harbiy vertolyotlarni qaytarishni yana bir bor so‘radi
15:51 / 09.09.2025
Rossiya vertolyoti Estoniya havo hududini buzdi
14:49 / 05.08.2025
Olmaotada qulagan vertolyot ekipajini qidirish 12 kundan buyon davom etmoqda
21:25 / 10.07.2025