Fransiyaning «BBC Studios France» delegatsiyasi jahonga maşhur «Top Gear France» avtoşousi dasturining navbatdagi sonini suratga oliş uçun Özbekistonga keldi.
Fransiya delegatsiyasi, jumladan, boşlovçilar va operatorlar jamoasi Özbekiston tabiati va madaniy merosi fonida dasturni suratga oldi. Yangi qismda avtomobil sinovlari va Özbekistonning köçalari va toğlari, şuningdek, Toşkent va Samarqand şaharlarining manzaralari namoyiş etiladi.
Suratga oliş jarayonida Özbekiston Harbiy havo kuçlarining Airbus H215 «Super Puma» vertolyotlari ham iştirok etdi.
Top Gear France - xuddi şu nomdagi Britaniya serialiga asoslangan transport vositalari, birinçi navbatda avtomobillar haqidagi fransuz teleseriali. U birinçi marta 2015 yilda RMC Decouverte telekanalida efirga uzatilgan.













