Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat dumasi XJSga RFda tergov o‘tkazishni taqiqlamoqchi
Qonun loyihasining tushuntirish xatida Xalqaro jinoiy sud misol tariqasida keltirilgan. 2023 yilda XJS Rossiya prezidenti Putinni hibsga olishga order berdi.
Foto: Sergey Fadeichev / TASS
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputatlari 11 dekabr, chorshanba kuni Rossiya hududida xorijiy amaldorlar yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tergov harakatlari olib borilganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun loyihasi Jinoyat kodeksiga «Rossiyaning milliy manfaatlari va suverenitetini huquqiy sohada himoya qilishga» qaratilgan yangi (294.1) moddani kiritadi.
Qonun loyihasiga tushuntirish xatida misol tariqasida Xalqaro jinoiy sud (XJS) va Rossiyaning harbiy jinoyatlariga oid dalillarni to‘playdigan «do‘st bo‘lmagan mamlakatlar» huquq-tartibot idoralari keltirilgan. Hujjatga ko‘ra, dalillar to‘plash, tezkor-qidiruv tadbirlari, fuqarolarni so‘roq qilish va ulardan ekspertiza o‘tkazish uchun namunalar olish, agar ular Rossiya vakolatli organlari ishtirokisiz amalga oshirilsa, noqonuniy deb tan olinishi kerak.
Agar qonun qabul qilinsa, qoidabuzarlar ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va 500 mingdan ikki million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin. Qonun loyihasi mualliflaridan biri, «Yedinaya Rossiya» deputati Vasiliy Piskarevning aytishicha, bu tashabbus Rossiya fuqarolarini xorijiy huquq-tartibot idoralari aralashuvidan himoya qilishga qaratilgan.
2023 yilda Haagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya prezidentining bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Mariya Lvova-Belovani egallab olingan Ukraina hududidan bolalarni olib chiqib ketishda ayblab, hibsga olishga order bergan edi. Kreml bu ayblovlarni rad etadi.
2023 yil mart oyida Ukraina bolalarni Rossiya Federatsiyasiga majburan deportatsiya qilishning 16 mingdan ortiq holati to‘g‘risida ma’lum qildi. Ukrainadan olib ketilgan ko‘plab bolalar noqonuniy ravishda oilalarga beriladi yoki bolalar uylariga joylashtiriladi.
Mavzuga oid
15:29 / 17.03.2026
RFning gaz tashuvchi kemasi: YeI ekologik falokatdan xavotirda
11:35 / 13.03.2026
XJS Lukashenko tanqidchilarining Belarusdan chiqarib yuborilishini tergov qilmoqda
13:03 / 05.02.2026
Litva XJSdan Ukraina energetikasiga RF zarbalari bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘ramoqda
19:47 / 25.12.2025