Italiya, Fransiya va yana yetti davlat Yevropa komissiyasiga xat yöllab, ekipajsiz holda Örta Yer dengizida turgan «Arktik Metagaz» gaz taşuvçi kemasi atrof-muhit va dengizdagi xavfsizlik uçun jiddiy tahdid solişi mumkinligi haqida ogohlantirdi hamda tezkor çoralar körişga çaqirdi. Bu haqda Reuters agentligi 16 mart, duşanba kuni keçqurun yozdi.
Agentlik mazkur hujjatdan quyidagi iqtibosni keltiradi: «Kemaning ayançli ahvoli, uning öziga xos yuki xususiyati bilan qöşilganda, Yevropa Ittifoqi dengiz hududining qoq markazida yirik ekologik falokat yuz berişining bevosita va jiddiy xavfini keltirib çiqarmoqda».
Şu kuni Rossiya ham Örta Yer dengizida turgan «Arktik Metagaz» gaz taşuvçi kemasi sababli ekologik falokatning oldini oliş uçun çora körişga çaqirdi.
RF Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning vazirlik saytida e’lon qilingan bayonotida şunday deyiladi: «Hozirgi vaziyatga tatbiq etiladigan xalqaro-huquqiy me’yorlar sohilböyi davlatlarining (ta’sir körgan davlatlar deb ataluvçi mamlakatlarning) dreyf qilib yurgan kema bilan boğliq vaziyatni hal etiş va ekologik falokatning oldini oliş böyiça mas’uliyatini nazarda tutadi. Kemaning egasi va bayroq davlati sifatida Rossiyaning keyingi iştirok darajasi aniq vaziyatga boğliq böladi».
Rossiya Transport vazirligi ma’lumotlariga köra, 3 mart kuni Murmanskdan «barça xalqaro qoidalarga muvofiq rasmiylaştirilgan yuk» bilan yölga çiqqan «Arktik Metagaz» kemasi Maltaning hududiy suvlariga bevosita yaqin joyda hujumga uçragan.
Vazirlikning Telegram-kanalida joylaştirilgan bayonotda aytilişiça, hujum Liviya sohillaridan Ukrainaga tegişli ekipajsiz katerlar tomonidan amalga oşirilgan.
«Malta va Rossiya qutqaruv xizmatlarining muvofiqlaşgan harakatlari tufayli ekipajning barça 30 a’zosi — Rossiya fuqarolari qutqarib qolindi», — deyiladi bayonotda.
RF Taşqi işlar vazirligining 16 martdagi press-relizidan ma’lum bölişiça, ekipaj kemani tark etgan paytda «bunker baklarida yonilği (450 metrik tonna oğir yonilği va 250 metrik tonna dizel yonilğisi), şuningdek, ança miqdorda tabiiy gaz» qolgan. Hozir kema Örta Yer dengizida erkin dreyf holatida bölib, u jiddiy şikastlangan, unda mahalliy yonğin öçoqlari kuzatilmoqda.
Rossiya tomoni ma’lumotiga köra, kema egasi tanker joylaşuvini kuzatib bormoqda, RFning vakolatli organlari esa kema egasi va xorijiy vakolatli idoralar bilan aloqada turibdi.








