Hafta oxirida harorat keskin tushishi kutilmoqda
Qishda harorat qisqa muddatga ko‘tarilishi ortidan yana bir sovuqlik to‘lqini kirib keladi. 16 dekabr kuni havo harorati minimumi shimolda –15 darajagacha pasayishi mumkin.
15–17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja Facebook sahifasida xabar qoldirgan.
15 dekabrda va 16 dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
15 dekabrdan havo harorati pasayib, 16–17 dekabr kunlari kechalari –8...–13 darajagacha, ba’zi joylarda –15 darajagacha, kunduz kunlari 0...–5 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
14-16 dekabr kunlari uchun ob-havo prognozi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Qoraqalpog‘istonda 14 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja, 15 dekabrda kechasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...–5 daraja; 16 dekabrda kechasi –10...–15 daraja, kunduzi –3...–8 daraja bo‘ladi. Xorazm viloyatida 14 dekabrda kechasi –3...+2 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, 15 dekabrda kechasi va kunduzi 0...–5 daraja; 16 dekabrda kechasi –8...–13 daraja, kunduzi
0...–5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja; 15 dekabrda kechasi va kunduzi –3...+2 daraja; 16 dekabrda kechasi –7...–12 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida 14 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja, 15 dekabrda kechasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...–5 daraja; 16 dekabrda kechasi –10...–15 daraja, kunduzi –3...–8 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 14–15 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha, ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja; 15 dekabrda kechasi 0...+5 daraja bo‘ladi, kunduzi –3 darajagacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi –7...–12 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +9...+14 daraja; 15 dekabrda kechasi +2...+7 daraja bo‘ladi, kunduzi 0...–2 darajagacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi –3...–8 daraja, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi, 15 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja; 15 dekabrda kechasi 0...+5 daraja bo‘ladi, kunduzi –2 darajagacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi –5...–10 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14–16 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 15–16 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 14–15 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 0...–5 daraja; 16 dekabrda kechasi –12...–17 daraja, kunduzi –7...–12 daraja bo‘ladi.