Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi «Chorbog‘» podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi
Buning natijasida Bo‘stonliq tumanidagi 2,5 ming iste’molchi elektr ta’minotisiz qoldi.
Toshkent viloyatidagi «Chorbog‘» podstansiyasining transformatorida (T-2) nosozlik yuzaga keldi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, nosozlik natijasida Bo‘stonliq tumani iste’molchilari qisman (2 500 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
«Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Energetika vazirligi havo haroratining keskin pasayishi tufayli gaz zapravkalar faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:31 / 25.06.2026
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
15:08 / 21.06.2026
Bo‘rijar kanalida qurilgan mikro GESlar nega ishlamayapti?
09:45 / 17.03.2026