Viktor Orban Vladimir Putinga Ukraina tufayli qo‘ng‘iroq qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainadagi urush va tinchlik muzokaralari imkoniyatlarini muhokama qildi.

Foto: Sean Gallup / Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar qildi tomonlar 11 dekabr, chorshanba kuni.
«Bugun ertalab men prezident Putin bilan bir soat telefon orqali suhbatlashdim. Hozir Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushdagi eng xavfli haftalardir, biz o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini targ‘ib qilish uchun barcha mumkin bo‘lgan diplomatik choralarni ko‘rmoqdamiz», deb yozdi Orban ijtimoiy tarmoqlarda.
Kreml Putinning Orban bilan suhbatlashganini tasdiqlab, «ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning bir qator dolzarb masalalari» muhokama qilinganini va «Ukraina masalalari bo‘yicha atroflicha fikr almashilganini» bildirdi. «Viktor Orban inqirozni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini, shu jumladan, qator G‘arb yetakchilari bilan aloqalarini hisobga olgan holda birgalikda izlashga ko‘maklashishdan manfaatdorligini bildirdi», — deya ma’lum qildi Kreml.
Kreml veb-saytida ta’kidlanganidek, Putin «Ukraina atrofidagi vaziyatning hozirgi rivojlanishiga fundamental baho berdi».
Vengriya Rossiyaning Ukrainada keng ko‘lamli urushi boshlanganidan keyin ham Kreml bilan aloqalarini saqlab kelayotgan Yevropa Ittifoqining kam sonli davlatlaridan biri. Viktor Orban bir necha bor Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari va Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishiga qarshi chiqqan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kosta-Rika ko‘chib o‘tish eng oson bo‘lgan mamlakat deya tan olindi
Jahon | 21:05
-
Panamaning yarmi elektr energiya va ichimlik suv ta’minotisiz qoldi
Jahon | 20:50
-
Sud Trampga XVIII asrdagi qonun yordamida migrantlarni deportatsiya qilishni taqiqladi
Jahon | 20:33
-
Hindistonda kamyob sherlar ikki haftada uch kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Jahon | 20:10
Mavzuga oid

18:18 / 15.03.2025
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

22:56 / 14.03.2025
Putin: Rossiya Trampning iltimosiga binoan Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylarining hayotini saqlab qolishga tayyor

21:48 / 14.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda

20:18 / 14.03.2025