Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi
73 yoshli siyosatchini tayinlash haqidagi qaror prezident Emmanuel Makron tomonidan imzolandi.
Fransiyaning yangi bosh vaziri etib Fransua Bayru tayinlandi, tegishli qarorni 13 dekabr kuni prezident Emmanuel Makron imzoladi.
Makron maslahatlashuvlardan so‘ng tayinlov haqida ma’lum qildi. Bayru — Makron tarafdori va markazchi «Demokratik harakat» partiyasi yetakchisi. Unga yangi hukumatni shakllantirish vazifasi yuklatildi.
Oldingi bosh vazir Mishel Barniye atigi 3 oy ishlab, 5 dekabr kuni iste’foga chiqqan edi. Bundan bir kun oldin Fransiya parlamenti bosh vazirning kelasi yil budjetini parlament bilan kelishilmagan holda tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori tufayli Barniye hukumatiga ishonchsizlik votumini ma’qulladi.
CNN nashrining ta’kidlashicha, endi Bayru budjetni bo‘lingan parlament orqali o‘tkazishi kerak, bunda Makron chap va o‘ng bloklarning ochiq qarshiliklariga duch kelmoqda.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026