Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
«O‘zgidromet» 16–18 dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotni taqdim etdi.
Foto: Kun.uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 dekabrda kechasi –8...–13, ba’zi joylarda –15; kunduzi 0...–5, 17 dekabrda kechasi –8...–13, kunduzi –3...+2; 18 dekabrda kechasi –3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 dekabrda kechasi –8...–13, kunduzi 0...–5, 17 dekabrda kechasi –5...–10, kunduzi 0...–5; 18 dekabrda kechasi –3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 dekabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 dekabrda kechasi –8...–13, ba’zi joylarda –15, kunduzi 0...–5; 17 dekabrda kechasi –8...–13, ba’zi joylarda –15, kunduzi –3...+2; 18 dekabrda kechasi –3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. 17–18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi –8...–13, ba’zi joylarda –15, kunduzi 0...–5; 17 dekabrda kechasi –8...–13, ba’zi joylarda –15, kunduzi –3...+2, 18 dekabrda kechasi –3...–8 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi –3...–8, ba’zi joylarda –10, kunduzi –3...+2; 17 dekabrda kechasi –3...–8, ba’zi joylarda –10, kunduzi +2...+7, 18 dekabrda kechasi –3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. 17–18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 16–17 dekabrda kechasi –5...–10, kunduzi 0...–5; 18 dekabrda kechasi +5...+10, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 17–18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16–17 dekabrda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi –15...–20, kunduzi –8...–13; 17 dekabrda kechasi –12...–17, kunduzi –5...–10, 18 dekabrda kechasi –2...–7, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
16:59 / 22.12.2025
Yangi yil arafasi biroz quruq va iliq o‘tadi
14:58 / 22.12.2025
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
19:05 / 21.12.2025