O‘zbekiston | 11:43 / 14.12.2024
1827
2 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Alimov Rashid Meredovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ravshan Alimov Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Foto: Dunyo

"Turkmenportal" internet-axborot resursi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmaniston TIV rahbari elchini mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning diplomatik faoliyatini amalga oshirishda turkman tomoni har tomonlama yordam va ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat avvalida ishtirokchilar ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli davlatlararo muloqot yuksak saviyada ekanini alohida qayd etdilar, deb ta’kidlangan nashrda.

Tomonlar mintaqaviy va global kun tartibining muhim jihatlari bo‘yicha pozitsiyalar o‘xshashligini, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik va gumanitar sheriklik muvaffaqiyatli rivojlanayotganini bildirdilar.

Ravshan Alimov 29 noyabr kuni Turkmaniston poytaxtiga tashrif buyurdi. U 2020-2024 yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan. Ravshan Alimov bundan avval O‘zbekistonning Ukrainadagi va o‘rindoshlik asosida Moldovadagi elchisi, shuningdek, Fransiyadagi va o‘rindoshlik asosida Portugaliyadagi elchi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Mavzuga oid