"Biznesni rivojlantirish banki"ning yangi bank xizmatlari markazlari ochildi
“Biznesni rivojlantirish banki" ATB moliyaviy xizmatlar bozoridagi kuchli raqobat sharoitiga faol moslashuv orqali o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.
Mijozlarga taklif etilayotgan zamonaviy va qulay xizmatlar, yuqori daromadli omonatlar, hisob raqamlarini ishonchli boshqarish bankning barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda.
Bugungi kunda bankda mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 15 ta standart ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan. Eng muhimi, bank xizmat ko‘rsatish ofislari va Bank xizmatlari markazlari faoliyati mijozlarga yo‘naltirilganlik modeli asosida tashkil etilmoqda.
Hozirda "Biznesni rivojlantirish banki" tuzilmalari orqali respublika miqyosida 1,6 mln. nafardan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Shu kunlarda bank xizmatlari markazlari yana ikkitaga ko‘paydi.
G‘azalkent shahri va Sho‘rchi tumanida faoliyat boshlagan mazkur markazlarda mahalliy aholi va tadbirkorlar uchun innovatsion yechimlar va qulay shartlar asosida xizmatlar ko‘rsatila boshlandi.
Endilikda mijozlar bank xizmatlaridan foydalanish uchun viloyat markaziga borishi shart emas. Jumladan, jismoniy shaxslar uchun valuta ayirboshlash, xalqaro pul o‘tkazmalari, mikroqarz olish, biznes vakillariga hisob raqam ochish, konvertatsiya va boshqa xizmatlar shu yerning o‘zida ko‘rsatiladi.
"Biznesni rivojlantirish banki" har doim mijozlarga yaqin bo‘lishga va ularning ehtiyojlarini tez va samarali hal etishga intiladi!
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 21.10.2024
Tadbirkorlar uchun o‘quv kursi: hammasi bepul!
20:42 / 10.09.2024
BRBga ajratilgan qarzlar ustav kapitalini oshirishga yo‘naltiriladi
09:59 / 23.08.2024
Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyihalar aniqlandi
19:00 / 14.08.2024