O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev G‘arbiy Bengaliya shtati ma’muriy markazi Kolkata shahrida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Mazkur tadbirlar doirasida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Juneja Group guruhi raisi va CLC Tanners Association charm sanoati uyushmasi prezidenti Ramesh Juneja bilan teri tayyorlash, xomashyoni chuqur qayta ishlash, charm-poyabzal, attorlik va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari o‘rganildi.
Ramesh Juneja O‘zbekistonda ushbu sohada xalqaro hamkorlik uchun yaratilgan qulay sharoitlarni yuqori baholab, mamlakat bilan sheriklik o‘rnatishdan manfaatdorlik bildirdi. Kompaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifini tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.
East India Pharmaceutical Works Ltd. kompaniyasi boshqaruvchi direktori Debarshi Duttagupta bilan uchrashuv chog‘ida mamlakatimizda farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha erishilayotgan natijalar, dori-darmon tayyorlashga ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zonalar, xususan, Tashkent Pharma Park klasteri faoliyati haqida ma’lumot taqdim etildi.
Debarsha Duttagupta O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan jozibador imkoniyatlardan kelib chiqib, birgalikda hayotga tatbiq etish uchun amaliy takliflarni ilgari surdi.
Elchixona vakillari, shuningdek, PC Chandra Jewellers kompaniyasi bilan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, Oodlabar Co. Ltd kompaniyasi bilan choy qadoqlashni yo‘lga qo‘yish, KIC Group kompaniyasi bilan qurilish va tibbiyot sohasida hamkorlik qilish, Techno India University universiteti bilan ta’lim sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, ITC Royal Bengal mehmonxonasi bilan turizm va mehmondo‘stlik sohasida sheriklik qilish bo‘yicha amaliy loyihalarni o‘rganib chiqdilar.
Mavzuga oid
20:02 / 17.12.2024
Hindiston havoning ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytirdi
21:54 / 12.12.2024
Hindiston va Rossiya neft bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishdi - OAV
11:36 / 12.12.2024
Zargarlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi mumkin
23:45 / 09.12.2024