Jahon | 13:40
3395
3 daqiqa o‘qiladi

Sirskiy: RF uchinchi kundirki Kursk yaqinida oldinga faol siljimoqda

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Kursk oblastida KXDR armiyasi bo‘linmalaridan faol foydalanmoqda. Aleksandr Sirskiyning aytishicha, dushman uch yo‘nalishda bosimni oshirgan.

Foto: Telegram / osirskiy

Rossiya qo‘shinlari Ukraina mudofaa kuchlari bo‘linmalarini Rossiya Federatsiyasi hududidan siqib chiqarish maqsadida uchinchi kundan beri Kursk oblasti hududida intensiv hujum amaliyotlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda 17 dekabr, seshanba kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujum davomida Rossiya Shimoliy Koreya armiyasi bo‘linmalaridan faol foydalanmoqda va Shimoliy Koreya harbiylari «allaqachon katta yo‘qotishlarga uchragan».

Shuningdek, Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlari Kramatorsk, Toretsk va Vremovskiy yo‘nalishlarida bosimni sezilarli darajada oshirgan. 17 dekabr holatiga ko‘ra, Ukraina mudofaa kuchlari umumiy uzunligi 1170 kilometrdan ortiq bo‘lgan front sektorida faol jangovar operatsiyalarni o‘tkazmoqda, deya ma’lum qildi Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni: «Eng qiyin vaziyat hozir Pokrovsk va Kuraxovo yo‘nalishlarida».

RF «harbiy muxbirlari»: KXDR askarlari Kursk oblastida jang qilmoqda

Shimoliy Koreyadan kelgan askarlar Kursk oblastining Plexovo qishlog‘ini egallab oldi. Bu haqda 12 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining bir qancha «harbiy muxbirlari» xabar berishdi.

Vladimir Romanovning ta’kidlashicha, qishloq «faqat Shimoliy Koreya maxsus operatsiyalar kuchlari tomonidan» qo‘lga olingan. «Ikki soat ichida. Bu bo‘ronga o‘xshaydi», deb yozgan «harbiy muxbir». Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari 300 dan ortiq askarini yo‘qotgan.

6 dekabr kuni Kursk yo‘nalishidagi Plexovo haqiqatan ham Koreya jangchilari qo‘lga kiritildi. Minalangan maydon orqali 2 km yurib, yashin tezligida kirib borishdi, — deydi Yuriy Kotenok. Uning ta’kidlashicha, «operatsiya taxminan 2,5 soat davom etgan» va shimoliy koreyaliklar «o‘lgan va yaralanganlarni o‘zlari bilan olib ketishgan».

Mavzuga oid