Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirskiy: Rossiyaning maqsadi - yil oxirigacha yana 10 ta diviziyani tuzish
Ukrainaning safarbarlikni davom ettirishdan boshqa chorasi yo‘q, dedi Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy. U Rossiya uchun jang qilayotganlar soni oyiga 9 ming kishiga ortib borayotganini ta’kidladi.
Kiyevga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi o‘z tomonida jang qilayotganlar sonini oyiga 9 ming kishiga oshirmoqda. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Rossiya rahbariyatining maqsadi sifatida joriy yil oxirigacha o‘nta yangi diviziya tashkil etishni keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ulardan ikkitasi allaqachon tuzilgan. Bu haqda Sirskiy 5 avgust, seshanba kuni Ukraina Qurolli kuchlarining iyul oyidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishdan so‘ng Facebookʼdagi postida yozgan.
Rossiya kontingenti soni ortib borayotgani fonida Kiyevning safarbarlik tadbirlarini davom ettirish, jangovar tayyorgarlikni yaxshilash va qo‘shinlarning uchuvchisiz tarkibini kuchaytirishdan boshqa chorasi yo‘q, dedi Sirskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iyul oyi Ukraina uchun juda keskin oy bo‘ldi, chunki Rossiya armiyasi «deyarli barcha jangovar harakatlar chizig‘i bo‘ylab oldinga siljishga harakat qildi». Shu bilan birga, ruslar kichik hujumkor guruhlarni hujum qilish uchun ishlatib, «mayda kesish» taktikasini qo‘lladi.
«Eng og‘ir vaziyat Pokrovsk, Dobropole va Novopavlovo yo‘nalishlarida. Shu bilan birga, Severo-Slobojansk yo‘nalishida biz Sumi viloyati hududini ozod qilishda muvaffaqiyatga erishdik va Kursk viloyatida harbiy amaliyotlar o‘tkazishda davom etmoqdamiz», — dedi Aleksandr Sirskiy.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
15:21 / 07.06.2026