Jamiyat | 09:35 / 24.12.2024
6015
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan 5 kishi qutqarildi

Bo‘stonliq tumanidagi Suron ota tog‘iga borib, yo‘ldan adashib qolgan besh nafar fuqaro FVV xodimlari tomonidan qutqarildi.

Foto: Fvv

FVV qutqaruvchilari tog‘da fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda vazirlik ma’lum qildi.

Kecha, 23 dekabr kuni soat 12:24 da Toshkent viloyati FVB Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasiga Qoramozor mahallasi Chaxcham qishlog‘i hududidagi Suron ota tog‘iga besh nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqarolar sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan. 

FVV xabarida aytilishicha, tan jarohati olganlar yo‘q.

Mavzuga oid