Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat qarzining cheklangan hajmi oshiriladi
Davlat budjetiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi, O‘zbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda.
Qonun bilan «2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, Qonunga ayrim toifadagi bemorlarga dori vositalarini bepul taqdim etish, madaniyat va san’atni rivojlantirish, Milliy futbol markazini tashkil etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion sanoat zonalarini barpo etish, shuningdek innovatsion va yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi, O‘zbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda.
Davlat budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamg‘armalarning daromadlari hamda xarajatlari o‘zgartiriladi.
Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlariga muvofiq mablag‘larning bir qismini maqbullashtirish va ularni qo‘shimcha xarajatlarga yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
19:05 / 24.02.2026
O‘zbekiston davlat qarzining o‘sishi oxirgi yillarda qanday o‘zgardi?
07:58 / 03.02.2026
AQSh davlat qarziga egalik: eng yirik davlatlar reytingi
11:13 / 26.12.2025
Davlat budjetining choraklik hisobotiga yangi talablar belgilandi
07:33 / 24.12.2025