Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) hisobotiga köra, mamlakatlarning jami qarzi 111 trln dollarga yetgan. Davlat qarzining YaIMga nisbati eng yuqori bölgan mamlakat — Yaponiya: 230 foiz.

Ikkinçi örinda Sudan — davlat qarzi YaIMga nisbatan 222 foiz. Uçlikka Singapur ham kirgan — 176 foiz.

23 ta mamlakatda davlat qarzi YaIMning 100 foizidan yuqori. Ular orasida Gretsiya, Italiya, AQŞ va Fransiya bor. Xitoy qarzi ham şu çegaraga yaqinlaşib, 96 foizga yetgan.

Visual Capitalist

Şu bilan birga, Xitoyning maxsus ma’muriy hududi — Makaoning davlat qarzi nol. Eng past qarzga ega mamlakat esa Lixtenşteyn — YaIMning 1 foizi.

Rossiya davlat qarzi yuqori bölgan mamlakatlar röyxatiga kirmagan. XVJ ma’lumotlariga köra, uning davlat qarzi — YaIMning 23 foizi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga köra, 2025 yil 1 iyul holatiga Özbekistonning davlat (public) qarzi 43,376 mlrd dollarni taşkil etgan: şundan 36,41 mlrd dollari taşqi, 6,96 mlrd dollari içki qarz. Qarzning YaIMga nisbati 34,2 foiz bölib, ötgan yilning şu sanadagi 32,4 foizdan oşgan. 

Xalqaro soliştirma reytinglarda esa (World Population Review’ning 2025 yilgi jadvali, 2024 yil ma’lumotlari asosida) Özbekistonning qarz/YaIM körsatkiçi ~35 foiz deb baholanadi va u 209 ta davlat içida 152-örinda qayd etilgan (ya’ni, nisbatan past qarzli mamlakatlar qatorida).