Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgani ma’lum qilindi
O‘zgidrometga ko‘ra, aeroportda katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Havo bandargohi 2023 yil sentabrda foydalanishga topshirilgan edi.
Foto: Uzbekistan Airports
Zomin aeroporti hozirgi kunda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatib turibdi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, aeroportda katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
«Shu bilan birga, meteorologik qurilmalarni ham modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz», — deyiladi xabarda.
Ishlar qachon yakunlanishi ma’lum qilinmagan. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatidagi Zomin aeroporti 2023 yilning sentabrida foydalanishga topshirilgandi. Aeroport 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega bo‘lib, qurish uchun 60 gektar yer maydoni ajratilgan. Joriy yil iyunida esa Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Airbus A320 samolyotida Jizzax viloyatining Zomin aeroportiga sinov parvozini amalga oshirgan edi.
Mavzuga oid
09:58
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar soni 15 milliondan oshdi
18:50 / 19.01.2026
Zomindagi dor yo‘li 215 mlrd so‘mga sotildi
16:14 / 12.01.2026
Oslo aeroporti dron sabab uchish-qo‘nish yo‘lagini vaqtincha yopdi
15:48 / 12.01.2026