Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy eng tez tijorat poyezdini taqdim etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «o‘q» laqabini olgan poyezd 2025 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Foto: CCTV
Xitoy soatiga 450 kilometr tezlikka erisha oladigan Fusing CR450 tezyurar poyezdi prototipini taqdim etdi.
iXBT xabariga ko‘ra, poyezd China State Railway Group milliy temir yo‘l tarmog‘i operatori tomonidan Pekinda taqdim etilgan.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarda «o‘q» laqabini olgan poyezdni 2025 yildayoq ishga tushirishni rejalashtirmoqda. U 400 km/soat kreyser tezligida yo‘lovchi tashishni amalga oshiradi va kelajakda o‘zidan oldingi CR400 poyezdi o‘rnini egallashi kerak. Hozir u Xitoy temir yo‘llarida soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanadi.
Yangi avlod poyezdi uchun yangilangan temir yo‘l texnologiyalari asosida yangi infratuzilma yaratish rejalashtirilgan.

Hozir Xitoyda foydalanilayotgan tezyurar poyezdlar maksimal tezlikni soatiga 350 kilometrga yetkaza oladi. CR450 harakatlana boshlasa, Pekin-Shanxay tezyurar poyezdining 4 soatlik qatnov vaqti 2,5 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.
2023 yil iyun oyida Futszyan provinsiyasida o‘tkazilgan sinov paytida poyezd soatiga 453 kilometr tezlikka erishgan.
Mavzuga oid
22:25 / 28.04.2026
BYD kompaniyasi foydasi elektromobillarga bo‘lgan talab pasayishi tufayli ikki baravarga kamaydi
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
08:56 / 25.04.2026
Xitoy dronlarni havoda quvvatlantirish texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi
22:05 / 23.04.2026