Jahon | 16:57 / 01.01.2025
17028
2 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan chet elliklarning Rossiyaga kirish qoidalari kuchaytirildi

Jumladan, xorijliklarning Rossiyada vizasiz bo‘lish muddati 90 kungacha qisqartirildi. Ilgari bu muddat 180 kunni tashkil qilar edi.

Foto: Reuters

2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyaga kiruvchi xorijiy fuqarolarning vaqtincha bo‘lish muddatiga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar kuchga kirdi.

Jumladan, xorijliklarning Rossiyada vizasiz bo‘lish muddati 90 kungacha qisqartirildi. Ilgari bu muddat 180 kunni tashkil qilar edi.

O‘zgartirishlar Rossiyaga vizasiz kiradigan chet el fuqarolariga tegishli. Rossiyaga viza bilan kelgan xorijliklarning vaqtincha bo‘lish muddati o‘zgarishsiz qolmoqda.

Shuningdek, 2025 yil 5 fevraldan Rossiyada chet el fuqarolari uchun yangi maxsus «chiqarib yuborish rejimi» ishga tushadi, bu politsiyaga migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish imkonini beradi. Ilgari faqat sudlar va Rossiya Chegara xizmati bunday huquqqa ega edi.

Shunday qilib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan xorijliklar maxsus elektron reyestrga kiritiladi, unga kirish avtomashinani boshqarish, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar tuzish, turmush qurish, boshqa hududga ko‘chib o‘tish va hokazolarni taqiqlashi mumkin.

Shu bilan birga, 2025 yil 5 fevraldan boshlab Rossiya chegarachilari mamlakat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan chet el fuqarosiga kirishni rad etish huquqiga ega bo‘ladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid