Xitoyda dunyodagi eng katta GAES ishga tushirildi
XXRning «Xebey» provinsiyasida yiliga 6,61 mlrd kW·h elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir «Fennin» gidroakkumulyator elektr stansiyasi to‘liq foydalanishga topshirildi.

Foto: Xinhua
Xitoy shimolidagi Xebey provinsiyasida joylashgan «Fennin» gidroakkumulyator elektr stansiya (GAES) o‘tgan yilning oxirida to‘liq ishga tushirildi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.
China National State Grid operatorining ma’lum qilishicha, «Fennin» dunyodagi GAESlar ichida eng yirigi hisoblanadi.
«Fennin»ning o‘rnatilgan quvvati 3,6 million kW·hʼga teng. U yiliga 6,61 milliard kW·h elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Ta’kidlanishicha, 2021 yilda energobloklarining birinchi qismi ishga tushirilganidan beri elektr stansiyasi 8,62 milliard kW·h elektr energiyasi ishlab chiqargan.
Qayd etilishicha, «Fennin» yiliga 408,8 ming tonna ko‘mir ekvivalentidagi shartli yonilg‘ini tejash va atmosferaga 1,2 million tonna karbonat angidrid gazi chiqarilishini qisqartirishga yordam beradi. «Bu mamlakatning energosamaradorlik va ekologik barqarorlik sohasidagi maqsadlarga erishishiga muhim hissa qo‘shadi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil mart oyida Toshkentda gidroenergetika forumi bo‘lib o‘tgan, unda “O‘zbekgidroenergo” mas’uli Nodirbek Akchaboyev O‘zbekistonda 4 ta gidroakkumulyator elektr stansiyalar qurilishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi birinchi bunday loyihalar Jizzax, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lishi, ularning umumiy quvvati 1600 MWʼni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
Jahon | 20:12
-
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi
O‘zbekiston | 20:08
-
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
Jahon | 20:05
-
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 20:04
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025