Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Trampning AQSh bilan birlashish haqidagi taklifini rad etdi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Kanadani AQSh tarkibiga kirishga chaqirdi. Ottava bunga qat’iy rad javobini berdi.
Kanada rasmiylari 7 yanvar, seshanba kuni AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning ushbu mamlakatni Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirishi haqidagi taklifiga mutlaqo rozi bo‘lmadi. «Saylangan prezident Trampning izohlari Kanadani nima kuchli davlat qilishini to‘liq tushunmasligini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotimiz kuchli. Xalqimiz kuchli. Biz tahdidlar oldida hech qachon ortga chekinmaymiz», — deb yozdi Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli.
«Kanadaning Qo‘shma Shtatlarning bir qismi bo‘lishi uchun hech qanday imkoniyat yo‘q. Ikkala davlatimizdagi ishchilar va jamoalar bir-birining eng yirik savdo va xavfsizlik sheriklari bo‘lishdan foyda ko‘radilar», deb yozdi avvalroq iste’foga chiqishini e’lon qilgan bosh vazir Jastin Tryudo.
Tramp yana Kanadaga AQSh bilan birlashishni taklif qildi
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Kanadaning AQSh bilan birlashishi haqidagi taklifini takrorladi. «Agar Kanada AQSh bilan birlashsa, hech qanday tariflar bo‘lmaydi, soliqlar sezilarli darajada kamayadi va ular doimo o‘zlarini o‘rab turgan Rossiya va Xitoy kemalari tahdididan butunlay himoyalangan bo‘ladi. Birgalikda bu qanday buyuk davlat bo‘lar edi» – deb yozdi Oq uyning bo‘lajak rahbari 6 yanvar kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Shu tariqa, Tramp bir necha soat avval e’lon qilingan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning iste’foga chiqishi haqidagi xabarga javob qaytardi. «Kanadada ko‘p odamlar 51-shtat bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Qo‘shma Shtatlar Kanadaning o‘zini saqlab qolishi uchun zarur bo‘lgan yirik savdo kamomadi va subsidiyalarga endi toqat qila olmaydi. Jastin Tryudo buni bilib, iste’foga chiqdi», — deyiladi uning xabarida.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
13:35 / 18.06.2026