Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota kompaniyasi Fuji tog‘i etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Woven City’ni qurish ishlari 2020 yilda boshlangan edi. 2025 yilning kuzida ushbu majmuaga birinchi yuz kishi - kompaniya xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlari ko‘chib o‘tadi.
Yaponiyaning Toyota kompaniyasi o‘zining Woven City nomli «aqlli shahri» qurilishi yakunlanganini e’lon qildi. Ushbu shahar avtonom elektromobillar, robotlar, oziq-ovqat yetkazib berish uchun mo‘ljallangan dronlar va, albatta, o‘z egalarining barcha istaklarini biladigan sun’iy intellektga ega «aqlli» uylardan iborat.
Woven City’ni qurish ishlari 2020 yilda boshlangan. Bugungi kunga kelib, Fuji (Fudziyama) tog‘i yaqinidagi ushbu majmuaga 360 kishi joylashtirilgan. 2025 yilning kuzida esa u birinchi yuz kishini — kompaniya xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlarini qabul qiladi. Ammo bu barchasi emas: shahar to‘liq ochilganidan keyin u yerda umumiy hisobda 2 mingga yaqin inson yashashi mumkin bo‘ladi.
«Toyota’ning kuchli tomonlarini boshqa sohalar vakillari bilan birlashtirib, biz mustaqil erishib bo‘lmaydigan yangi qadriyatlar, yangi mahsulot va xizmatlar yarata olishimizga ishonamiz», — deydi Toyota Motor Corp raisi Akio Toyoda.
Woven City — sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan «aqlli» uylardan tortib, transportning muayyan turlari uchun mo‘ljallangan ko‘chalargacha bo‘lgan zamonaviy texnologiyalarni kundalik hayotga olib kirishga qaratilgan loyiha. Shu bilan birga, majmua ekologiya haqida ham qayg‘uradi — u hozirda energiya samaradorlik, suv ta’minoti, ekologik toza mahsulotlar, dizayndagi innovatsiyalar bo‘yicha dunyodagi eng yuqori standart bo‘lgan LEED’ning platina sertifikatini olgan.
Woven City Toyota’ning Fudziyama etaklarida joylashgan sobiq zavodi yerlarida qurilgan. Oldin u yerdagi 700 ming metr kvadrat joyda 7 ming nafar xodim ishlagan. 53 yillik faoliyatidan so‘ng korxona 2020 yil oxirida yopilgandi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026