Xotin-qizlar davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlanadi
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlash tizimi yaratiladi.
Iqtidorli xotin-qizlar orasida “Rahbar ayollar maktabi”ga qabul doirasida maqsadli tanlovlar e’lon qilinib, 100 nafar xotin-qizlarning maxsus o‘quv dasturi asosida boshqaruvga oid ko‘nikmalari oshiriladi.
Onlayn o‘quvlar orqali 20 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning bilimlari va kasbiy ko‘nikmalari oshiriladi.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va xo‘jalik birlashmalarining rahbarlik lavozimlari uchun kompetensiya modeli hamda professional kompetensiyalarini baholash tizimi joriy etiladi.
Yuqori, o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlarining namunaviy professional kompetensiyalari ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Rahbar kadrlarni baholash markazida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va xo‘jalik birlashmalarining rahbarlik lavozimlaridagi shaxslar, shu jumladan zaxiradagilarning professional kompetensiyalari bosqichma-bosqich baholashdan (diagnostikadan) o‘tkaziladi.
Diagnostika natijalariga ko‘ra xodimlarning kasbiy rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi va amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

14:04 / 30.01.2025
Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitiladi

15:17 / 14.11.2023
“Dekret” pulini olgan xususiy sektordagi ayollar soni rejadagidan 7 barobar kam bo‘lmoqda. Nega?

07:29 / 14.11.2023
Tadbirkorlarga ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaganlik uchun davlat granti ajratiladi

21:08 / 31.10.2023